$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Erta o‘lim xavfida irsiyatdan ko‘ra atrof-muhit ta’siri ko‘proq

o

Genlardan ko’ra, tashqi ta’sirlar 10 baravar muhimroq

Oxirgi vaqtda inson salomatligiga irsiyatdan ko‘ra, atrof-muhit, kundalik odatlar, uning qaysi faoliyati turi bilan shug‘ullanishi ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrni ko‘p eshityapman.

Buni Buyuk Britaniyada BioBank tomonidan 500 000ga yaqin odam ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham tasdiqlamoqda. Erta o‘lim xavfi yuzaga kelishida genlardan ko‘ra atrof-muhit 10 baravar muhimroq, deyiladi tadqiqotda.

Doktor Ostin Arjenteri o‘zining Nature Medicine jurnalidagi maqolasida iste’mol qilinadigan tuz miqdoridan tortib, turmush o‘rtog‘i bilan yashashgacha bo‘lgan tashqi ta’sirlarning erta o‘lim xavfi bilan bog‘liqligini bayon etadi.

Tashqi muhit ta’siri bilan bog‘liq 25 omil ichida onaning farzand tug‘ilganidan keyin chekishi, tajriba ishtirokchilarning ish faoliyati va oilaviy daromadi kabilar ham bor edi.

Shuningdek, insonlarning o‘pka, yurak va jigar xastaliklariga moyilligida tashqi ta’sirlar genlardan ko‘ra kuchliroq rol o‘ynashi aniqlandi.

Saraton kasalliklariga chalinishda irsiy omil yetakchi

Ko‘krak saratoni, prostata bezi saratoni va demensiya kabi xastaliklarda esa, aksincha, irsiy omil ta’siri ko‘proq ekanligi ko‘rindi.

Kembrij universiteti mutaxassisi Stiven Berjess ushbu tadqiqot genlarimiz kelajagimizni belgilab bermasligiga oid avvalgi o‘rganishlarni tasdiqlashini aytgan.