$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

300 mln. dollar investitsiya: “G‘elon” turistik zonasini tashkil etishga doir qaror imzolandi

gelon

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 5-dekabrda imzolagan qarori bilan Shahrisabz tumanida 2,9 ming gektar maydonda yangi turistik zona qurilishi boshlanadi. Bu loyiha uchun 300 million dollar miqdorida Rossiya investitsiyalari jalb qilinadi va qurilish ishlari 2030-yilgacha 3 bosqichda yakunlanishi ko‘zda tutilgan. “G‘elon” loyihasi O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, nafaqat mamlakat ichidagi, balki xalqaro miqyosdagi turistlarni jalb qilishga xizmat qilishi kutilyapti.

  Qurilish ishlarining boshlanishi va rivojlanish bosqichlari

  "G‘elon" turistik-rekreatsion zonasining qurilishi Shahrisabzning tabiiy va madaniy salohiyatini to‘liq ochishga qaratilgan. Qishloq joylarining iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Mazkur loyiha 2,9 ming gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan va avvalgi rejalashtirilgan hududdan ancha katta bo‘ladi. Shu bilan birga, loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda infrastruktura va asosiy obyektlar qurilishi boshlanadi, ikkinchi bosqichda dam olish maskanlari va kurortlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Uchinchisi esa turistik zona to‘liq ishga tushirilgandan keyin amalga oshiriladi. 

Rossiyalik investorlar ishtiroki va loyihaning moliyalashtirilishi

  “G‘elon” turistik-rekreatsion zonasining qurilishida Rossiya kompaniyalari faol ishtirok etadi. 2023-yil 4-6-oktabrda Qozon shahrida o‘tkazilgan III Hududlararo Hamkorlik Forumida Rossiya tomonlari bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Rossiyalik investorlar, jumladan “Kazanskiye kanatnыye dorogi” kompaniyasi va “Gordeyev” arxitektura byurosi, loyiha uchun 300 million dollar miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirgan. Bu mablag‘ qurilish va infratuzilma ishlarida ishlatiladi, shuningdek, turizmni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ob’ektlar qurilishi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 

Loyiha detallari

2023-yil dekabr oyida Qashqadaryo hokimi Murotjon Azimov Rossiya tomoni bilan uchrashuvda loyiha detallarini muhokama qilgandi. Unda majmua 2,6 ming gektarda joylashishi, 8,6 km uzunlikdagi uchta dor yo‘l, uch va besh yulduzli mehmonxonalar va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olishi ko‘zda tutilgandi.

2024−2030-yillar davomida uch bosqichda amalga oshiriladigan loyiha doirasida investordan qurilish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda dastlabki baholash bo‘yicha jami 300 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etiladi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida “G‘elon” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi tuziladi va hududdagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan va ijaraga berishdan kelib tushgan mablag‘lar ushbu direksiya hisobiga o‘tkaziladi.

Belgilangan vazifalar

Qarorda belgilanishicha, turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi. Tegishli tashkilotlar ikki oy muddatda hukumut qarori loyihasi tuzib, uni Vazirlar mahkamasiga kiritishi kerak.

2025-yil 1-iyunga qadar — turistik zonaning bosh rejasi va batafsil rejalari loyihalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2025-yil 1-oktabrga qadar — direksiya tomonidan uni rivojlantirishni nazarda tutuvchi master reja ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, hududdagi yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda daraxt va butalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, mavjud daraxt va butalarni muhofazaga olishga ikki oylik muddat belgilandi. Shundan so‘ng baholovchi tashkilotlar jalb qilinib, yer uchastkalari olib qo‘yilishidan avval mulkdorlarga kompensatsiya to‘lovlari to‘liq hajmda to‘lab berilishi kerak.

Bunda yer uchastkalari egalariga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi. Turistik zona hududida amalga oshiriladigan loyihalar uchun ajratiladigan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari loyiha tashabbuskorlari tomonidan qoplab beriladi.

Investitsiya loyihasi doirasida, shuningdek, umumiy uzunligi 33 km bo‘lgan Hisorak — G‘elon, Hisorak — Sarchashma avtomobil yo‘lini ikki tasmali qilib, Chiroqchi — Sho‘rquduq avtomobil yo‘lining 30 km qismini uchinchi toifadagi yo‘l darajasigacha yetkazish, Miraki — Hisorak avtomobil yo‘lini ikki tasmali qilib, uchinchi toifadagi yo‘l darajasigacha yetkazish zarur.

Turizm qo‘mitasi TIV bilan birgalikda 2025-yil 1-aprelga qadar turistik zona brendini yaratib, respublika hududida hamda xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish choralarini ko‘radi.

Теги :
Jamiyat