$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Grenlandiya evaziga Kaliforniya: Tramp shtatni sotadimi?

Kaliforniya

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya orolini Daniyadan sotib olish haqida bir necha bor gapirgandi. Daniyada bunga javoban AQShdan Kaliforniyani trillion dollarga sotib olish taklifi bilan petitsiya boshlandi.

Kaliforniyaning afzalliklari nimada?

Petitsiya Denmarkification tashabbuskor guruhi tomonidan tayyorlangan. Kaliforniyaning afzalliklari sirasiga yil davomida issiq bo‘lishi, texnologik mutaxassislar ko‘pligi, AQShdagi avokadolarning 90 foizi u yerda ishlab chiqarilishi kiritilgan. Petitsiya allaqachon 200 mingga yaqin imzo to‘plagan. Uning mualliflari Disneylend nomini “Hans Kristian Andersenlend” deb o‘zgartirishga va’da bermoqda.

Tramp nima uchun Kaliforniyani sotishi mumkin

Tramp nima uchun Kaliforniyani sotishi mumkin, degan savolga petitsiya mualliflari quyidagicha javob bergan:

“Keling, ochig‘ini aytaylik — Tramp Kaliforniyani unchalik xush ko‘rmaydi. U Kaliforniyani “eng xarob shtat” deb atagan va yillar davomida uning rahbarlari bilan janjallashib kelgan. Ishonchimiz komilki, u muqobil narx evaziga undan voz kechishga tayyor bo‘lardi”, deyiladi izohda.

Xarid uchun mablag‘yig‘ish ixtiyoriy xayriyalar orqali taklif etiladi. Hozircha umumiy summadan qancha pul yig‘ilgani noma’lum, biroq Kaliforniyaning Daniya tarkibiga kirishi haqidagi petitsiyani 200 mingga yaqin kishi imzolagan.

“Tramp Kaliforniyani sotishi mumkin, chunki u haqida bir necha bor nojo‘ya fikrlar bildirgan”, deydi mualliflar.

Grenlandiyani o‘zlashtirish rejasi

Tramp bir necha bor Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytgandi. U orol milliy xavfsizlik va himoya uchun, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoyalanishda strategik ahamiyatga egaligini aytgan. Grenlandiya bosh vaziri Muke Egede bunga javoban orol “hech qachon sotilmaydi” deb javob bergan. Shu bilan birga, u orol Daniyadan mustaqillikka erishmoqchi ekanini tan olgan. U Tramp bilan ayrim masalalarni muhokama qilishga tayyor.

Tramp nega Grenlandiyaga qiziqmoqda?

Bloomberg manbalariga ko‘ra, Tramp jamoasi Grenlandiya bilan qiziqishgan, chunki orolda elektron qurilmalarda ishlatiladigan oltin, olmos, uran va nodir metallarning katta zaxiralari mavjud. Qirollik AQSh prezidentining da’volari fonida Grenlandiya mudofaasiga 14,6 milliard krona (2,05 milliard dollar) sarmoya kiritishga qaror qildi. Mablag‘ vertolyot va dronlarni tashiy oladigan uchta yangi Arktika kemasiga sarflanadi.

Теги :
Jamiyat