$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtomobilga gaz balon o‘rnatish bilan bog‘liq taqiq joriy etilmoqda

Gaz

Ma’lum bo‘lishicha, hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Bu orqali ushbu muddat transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatiga moslashtirilmoqda. Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 4 barobardan ko‘proqqa kengaygan. 

O‘zgarishlar

Qayd etilishicha, avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati ham kengaymoqda — 58 tadan 241 tagacha. Davlat xizmatlari agentligining tushuntirishicha, ilgari ayrim hollarda, masalan, yuk mashinasini maishiy chiqindilarni tashish mashinasiga aylantirish uchun qayta jihozlashga qonuniy asos bo‘lmagani bois bu harakatlar taqiqlangan edi. Hozir bu ro‘yxat sezilarli darajada kengaymoqda, ya’ni qonunchilik bazasi yaratilmoqda. Ma’lumot uchun, avtomashinani qayta jihozlashga ruxsat berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 30 foizi (102 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Shuningdek, avtomobilga bir vaqtning o‘zida ikkita gaz balloni (siqilgan va suyultirilgan gaz) o‘rnatishga taqiq joriy etilmoqda.