$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya bilan aloqani uzgan Turkmaniston O‘zbekistonga e’tiborini kuchaytirmoqda

gaz

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 5-dekabr kuni telefon orqali muloqotda O‘zbekistonga turkman tabiiy gazini yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib olgan. 

O‘zaro aloqalar

Suhbatda tomonlar strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, energetika va suvdan foydalanish sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi $1 mlrd.dan oshgan. Yuk tashishlar, shu jumladan Turkmanboshi porti orqali ko‘paymoqda. “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi zonasi qurilishi davom etmoqda. Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar berishicha, muloqotda teng huquqli sheriklik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida Turkmaniston O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berayotgani qayd etilgan

Gazi yetkazib berish hajmini oshirish

“Turkman xalqining milliy yetakchisi va qo‘shni qardosh davlat rahbari gaz sohasida hamkorlikdagi ishlarning samaradorligini qayd etib, uning uzoq muddatli xususiyatga egaligini ko‘rsatib o‘tdi va O‘zbekistonga turkman tabiiy gazini yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda. Shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma gaz loyihalarini amalga oshirishning istiqbollari qayd etildi.

Turkmaniston va Rossiya aloqalari

Avvalroq oktyabr oyi oxirida Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatgani ma’lum bo‘lgandi. “Turkmengaz” va “Gazprom” o‘rtasidagi shartnoma muddati joriy yilning 30 iyun kuni tugagan va tomonlar yoqilg‘ining yangi narxi bo‘yicha kelisha olmagani sabab yangi shartnoma tuzilmagan.

O‘zbekiston va Xitoy 

"Novosti Sentralnoy Azii" axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga 499 million dollarlik quvur gazi yetkazib bergani ma’lum bo‘lgandi. Bu orqali O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksporti hajmi bo‘yicha davlatlar orasida beshinchi o‘rinni qayd etgan. Xitoy eng ko‘p Turkmanistondan gaz sotib olgan (7,4 milliard dollar), Rossiya ikkinchi o‘rinda (6,1 milliard dollar), Qozog‘iston uchinchi o‘rinda (1,05 milliard dollar). Undan keyin esa Myanma (1,04 milliard dollar) va O‘zbekiston (499 million). Ma’lumot uchun, quvurning D (to‘rtinchi) tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, u Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali o‘tishi kutilmoqda. Biroq, loyihada ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasidagi narxlar bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli qurilish kechiktirilmoqda.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot