Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°
Читать на русском

O‘zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan importchisiga aylandi

Yanvar—noyabr oylarida Turkmaniston va Rossiyadan “ko‘k yoqilg‘i” importi 2,8 baravarga oshib, $1,55 mlrd.ga yetdi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan importchisiga aylandi

Joriy yilning o‘n bir oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston gaz importini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotida keltirilgan.

16,5 % o‘sish

Yanvar—noyabr oylarida Turkmaniston va Rossiyadan “ko‘k yoqilg‘i” importi 2,8 baravarga oshib, $1,55 mlrd.ga yetdi. Oylik tabiiy gaz yetkazib berish $186,8 mln.ni tashkil etdi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan gaz importchisiga aylandi.

O‘tgan oyda Xitoyga gaz eksporti oktyabr oyiga nisbatan biroz sekinlashdi — $60,9 mln.dan $53 mln.gacha. Yil boshidan buyon “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib berish $593,4 mln. (yilga nisbatan 16,5% o‘sish) ni tashkil etdi.

Ma’lumotlar biroz farqli

Biroq Statistika agentligi ma’lumotlari Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi, unga ko‘ra O‘zbekiston joriy yil boshidan buyon $667,3 mln.lik gaz eksport qilgan, bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 27,1% ga ko‘pdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi oktyabr oyidagi $88,93 mln.dan noyabr oyida $79,4 mln.gacha qisqarganini haqida xabar berdi. Shunga qaramay, bu 2023-yildagi tegishli ko‘rsatkichdan 45,5%ga ko‘pdir.