$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Migratsiya vazirligi Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Rossiya migrantlari

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbeklar orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Norasmiy kuryerlik xizmatida ishlovchilar qo‘lga olinmoqda

Migratsiya agnetligining ma’lum qilishicha, murojaatlardan norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Nimalar tavsiya qilindi?

Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklardan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.