$
 12422.90
-37.8
 14457.77
-87.61
 154.30
-0.76
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda qonuniy ishlashi mumkin?

gastarbeiter gastarbayter

Migratsiya — eng og‘riqli nuqtalarimizdan biridir. Negaki, minglab yurtdoshlarimiz noqonuniy tarzda xorijiy davlatlarga ketadi, oxirida esa ularni aldov, ishlatib, maoshini bermaslik yoki turli javobgarliklar kutib turgan bo‘ladi. Bunday voqealar tez-tez yuz berayotgan ushbu davrda migratsiya jarayonlarini tartibga solish eng muhim masaladir. Shuningdek, xorijga ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimiz ham qonuniy yo‘lni tanlaganlari ma'qul.

Xo‘sh, O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga borib qonuniy ishlashlari mumkin? Qanday holatlarda migrantlar deportatsiya qilinadi? Ularning huquqini qaysi tashkilot himoya qiladi? Yuridik fanlar nomzodi, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti kafedra mudiri Saidahmad Ishanxodjayev O‘zAga bergan intervyusida ushbu savollarga javob bergan.

Qonuniy ishlash mumkin bo‘lgan davlatlar

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining my.labormigration.uz dasturiy majmuasidan onlayn yoki Agentlikning hududiy filiallaridan ro‘yxatdan o‘tishi natijasida tashkillashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Germaniya, Litva, Latviya, Bolgariya, Polsha va Buyuk Britaniya, Turkiya, Chexiya, Vengriya, Kanada, Janubiy Koreya, Serbiya, Isroil, Lyuksenburg, Slovakiya, Finlyandiya kabi mamlakatlarning mehnat bozorlarida ishlash imkoniyati mavjud.

Mehnat migrantlariga talablar 

Xorijiy mamlakatlarga mehnat migranti sifatida jo‘nab ketayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarga bir necha talablar qo‘yiladi. Birinchidan, xorijiy mamlakatning davlat tili bo‘yicha tegishli til sertifikatiga ega, ushbu davlatdan ilgari deportatsiya yoki chiqarib yuborilmagan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va jismoniy sog‘lom bo‘lishi zarur.

Ikkinchidan, Agentlikning yoki “labormigration.uz”da dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan shuningdek, ish beruvchi talabi asosida tanlovdan o‘tishi, hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirish va mehnat shartnomasi tuzish, viza talab qilinadigan davlatlarga ishchi vizasini olishi, Agentlik tomonidan tashkil etiladigan ketishdan oldingi ko‘niktirish va o‘qitish jarayonida ishtirok etishi kerak.  

Mehnat migrantlariga imtiyozlar bormi?

Davlat rahbari tomonidan 2024-yilning 4-aprel kuni “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon– Yuqoridagi Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yil 1-iyundan boshlab, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Xorijda ish” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolar:  

– xorijiy tillar va kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda (sertifikat olganda) – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha mikdorda;

– yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda; 

– xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga“ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda;

– sug‘urta tashkilotlari – “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etilgan yoki “Temir daftar” ,“Ayollar daftari” ,“Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotini qoplash maqsadida har bir sug‘urtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta subsidiya to‘lash mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.