Gaz quvrlaridagi avariya sabab magistral gaz quvurlarida bosim pasayadi
“Hududgazta’minot” matbuot xizmati quvurlarida yuzaga kelgan avariya holati sabab ulgurji gaz iste’molchilariga cheklovlar kiritilishini ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

“Hududgazta’minot” matbuot xizmati gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi sababli magistral gaz quvurlarida bosim pasayganini ma’lum qildi.
“Hududgazta’minot” ogohlantirishi
“Hududgazta’minot” kompaniyasi “UzGazTrade” AJ tomonidan gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi sababli magistral gaz quvurlarida bosim pasayganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan 3-fevral kuni ayrim ulgurji iste’molchilarga cheklovlar kiritildi. “Ayni vaqtda avariya holati bartaraf etilgan va gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda”, deyiladi tashkilot xabarida.
Ishonarli bahona topinglar
“Hududgazta’minot” tomonidan e’lon qilingan ogohlantirishga javoban iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘z sahifasida post qildirdi. UzGasTrade ixtiyorida gaz quvurlari yo‘q, boshqa ishonarli bahona topinglar. Baraka topgurlar, nima desa ishonaveradi demanglar, UzGasTrade gaz sotish va sotib olish operatori, uning balansida quvurlar yo‘q. UzGasTrade avariyani bartaraf etish bilan ham shug‘ullanmaydi”, — deb yozadi Bakirov.
Ma’lumot uchun, UzGasTrade — tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlangan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish bilan shug‘ullanadi.


