$
 12808.03
14.65
 13612.37
16.85
 130.15
-0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Yerdan 800 million yorug‘lik yili uzoqlikda noyob galaktika aniqlandi

noyob galaktika

Yaponiyaning Subaru kosmik teleskopi uchta halqaga ega noyob galaktikani aniqladi, deb xabar bermoqda Live Science.

Odatiy galaktika emas

Milliy astronomik observatoriyaga ko‘ra, Gavayidagi Mauna-Kea orolidan turib olingan suratda Yerdan 800 million yorug‘lik yili uzoqlikdagi obyekt tasvirlangan.

Astronomiya uzoq vaqtdan beri galaktikalarni elliptik, linzasimon, spiral va tartibsiz toifalarga ajratgan bo‘lsa-da, bu uch halqali tuzilma odatiy toifalarga kirmaydi. Olimlar halqasimon galaktikalarning paydo bo‘lishiga oid farazlarni ilgari surib, ular yulduzlararo gazning halqalarda to‘planishiga olib keladigan galaktik to‘qnashuvlar yoki rezonans hodisalari natijasida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Uning paydo bo‘lish sabablari hali ilm-fanga noma’lum

Galaxy Cruise loyihasi jamoatchilikni Subaru teleskopi tasvirlarini tasniflashga jalb qilish orqali bu kabi noodatiy galaktikalarni o‘rganishda davom etadi. Olimlar bu galaktikalar bir yoki bir nechta galaktikalar to‘qnashuvi yoki hozircha noma’lum boshqa bir hodisa natijasida paydo bo‘lganini aniqlashni maqsad qilgan. 

Avvalroq Xitoyning “Chjunjun” marsoxodi Mars sayyorasida taxminan 3,5 milliard yil oldin ulkan okean bo‘lganini tasdiqlovchi asosli dalillarni topgani haqida xabar qilgan edik.