$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqargan obodonlashtirish

o 10 4

Mahalliy obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borgan obodonlashtirish ishlari oqibatida Olmazor tumanida fuqaroning uyi qulab tushdi. Uy egalari hokimlik mas’ullarini uyning eski ekanligi haqida ogohlantirishgan. Ammo mas’ullar uyga zarar yetmasligini aytib, ularni hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirishgan.

Hokimlik yordamchilari uy egalariga quloq solishmagan

Ma’lum qilinishicha, ikki kun oldin bu Olmazor tumanidagi uyda uch farzandli (5, 9, 11 yosh) beva ayol Nargiza, uning qaynota-qaynonasi va marhum erining ukasi yashardi. Hokimlik vakillari mahallada obodonlashtirish ishlarini tugallagach, uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ldi.

Yaqinda bu ko‘chada yana ta’mirlash ishlari boshlangan (Nargizaning aytishicha, obodonlashtirishni hokimiyat olib borgan). Oila a’zolari uy eski ekanligini aytib mas’ullarni ogohlantirishgan. Biroq ta’mirlovchilar ularga xavotir olmasligini hammasi joyida bo‘lishini aytishgan. Oqibatda uy darz va yoriqlar natijasida qulab tushgan. Holatni video orqali ham ko‘rishingiz mumkin:


Jabrlanuvchining murojaatiga hech kim javob bermayapti

Hozirda Nargizaning bolalari qo‘shnisinikida istiqomat qilmoqda, chunki maktab va bog‘cha uyga yaqin hududda joylashgan. Qaynota-qaynona va ularning o‘g‘li mehmonxonaga joylashishgan. O‘zi esa kunduzlari adolat istab turli idoralarga murojaat qilmoqda. Kechasi esa onasining Yangioboddagi uyida tunab qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotgan gaplar reallikni yaqqol ifodalaydi: Urush davridagi holat, urush bo‘lmagan mamlakat poytaxtida kuzatildi.

Shuningdek, Nargiza voqea yuzasidan 1007 raqamiga prokuraturaga qo‘ng‘iroq qilgan, unga ariza qabul qilinganligini, uni 15-30 kun ichida ko‘rib chiqilishini aytishgan. Shu bilan unga boshqa hech kim bog‘lanmagan.