$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Xabar tasdiqlandi: O‘zbekiston futzal terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Nodir Eliboyev

Bugun, 14-fevral kuni Toshkent shahridagi “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasining konferens-zalida O‘zbekiston futzal federatsiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston futzal terma jamoalari murabbiylari o‘zgartirildi

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati tomonidan "O‘zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi" hamda mamlakat futzal terma jamoalarining yangi bosh murabbiylari tanishtirildi. BMB klubi bilan ketma-ket 3 yil chempionlikni qo‘lga kiritgan Nodir Eliboyev terma jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston ayollar termasida Farruh Zokirov, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida Konstantin Sviridov, o‘smirlar termasida esa Dilshod Rahmatov bosh murabbiy lavozimini egalladi. Ma’lumot uchun, 2024-yilning 24-yanvar kuni saytimiz orqali futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Nodir Eliboyev murabbiy bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgan edik.

O‘zbek futzalidagi “qulash”

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati 3-turida O‘zbekiston Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini erta yakunlagan edi. Shundan so‘ng, mamlakat milliy jamoalarning yakuniy reytingida 10 pog‘ona pastlab, 11-o‘rindan 21-o‘ringa tushgandi. Shunga qaramay, O‘zbekiston futzal jamoasi Osiyoda Eron (6-o‘rin), Tailand (11) va Yaponiyadan (13) keyingi 4-o‘rinda bormoqda. 

Xose Venansio Lopesning ketishi

Mamlakatimizda o‘tgan Mundialda ishonchlar oqlanmagach, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan yig‘ilishda jamoaning sobiq murabbiy Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlangan edi. Ispaniyalik murabbiy mamlakatimizda 1-yil faoliyat olib bordi. Uning qo‘l ostida O‘zbekiston JCH-2024da guruh bosqichida bir durang va ikki marta mag‘lubiyatga uchrab, guruhda qolib ketdi. Venansio ikki bor Ispaniya milliy jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan, jahon chempionati finaliga olib chiqqan. U klublar o‘rtasida Yevropa chempioni, Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor Superkubok egasi sanaladi. Shuningdek, futzalda 5 bor jahonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Теги :
Jamiyat