$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston futzal terma jamoasining yangi bosh murabbiyi ma’lum(mi?)

Nodir Eliboyev

Championat.asia nashri ma’lumotiga ko‘ra, Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga so‘nggi uch yilda BMB klubi bilan birga O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Nodir Eliboyev murabbiyi bo‘ladi. Futzal bo‘yicha O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi murabbiyining o‘zi ham avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarishga qarshi emasligini aytgan. 

Keskin tushish

Futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati 3-turida O‘zbekiston Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini erta yakunlagan edi. Shundan so‘ng, mamlakat milliy jamoalarning yakuniy reytingida 10 pog‘ona pastlab, 11-o‘rindan 21-o‘ringa tushgandi. Shunga qaramay, O‘zbekiston futzal jamoasi Osiyoda Eron (6-o‘rin), Tailand (11) va Yaponiyadan (13) keyingi 4-o‘rinda bormoqda. 

Sobiq murabbiyning ketishi

Mamlakatimizda o‘tgan Mundialda ishonchlar oqlanmagach, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan yig‘ilishda jamoaning sobiq murabbiy Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlangan edi. Ispaniyalik murabbiy mamlakatimizda 1-yil faoliyat olib bordi. Uning qo‘l ostida O‘zbekiston JCH-2024da guruh bosqichida bir durang va ikki marta mag‘lubiyatga uchrab, guruhda qolib ketdi. 

Ma’lumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya milliy jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan, jahon chempionati finaliga olib chiqqan. U klublar o‘rtasida Yevropa chempioni, Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor Superkubok egasi sanaladi. Shuningdek, futzalda 5 bor jahonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Теги :
Jamiyat