Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +6°

Jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda

Bugun yurtimizda davom etayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bahslari start oladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda

Yurtimizda davom etayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Bugun yarim finalning ilk juftligi aniqlandi. 

Birinchi juftlik

Chorak finalning ilk bahsida Buxoroda Braziliya va Marokash o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 17:30 da start oladi. Kunning ikkinchi chorak final uchrashuvida Ukraina Venesuelaga qarshi bahs olib boradi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan bahs 20:00 ga belgilangan. Ushbu juftlik g‘oliblari 3-oktyabr kuni yarim finalda o‘zaro bahs olib boradi.

Ikkinchi juftlik

Ertaga esa musobaqaning ikkinchi yarim final bosqichi juftliklari nomi ma’lum bo‘ladi. 30-sentyabr kuniga rejalashtirilgan bahslarning dastlabkisida Fransiya Paragvay bilan Buxorodagi arenada, 17:30 da parketga tushadi. Ikkinchi o‘yin esa Qozog‘iston va Argentina qarama-qarshiligi bo‘lib, ushbu o‘yin Toshkentda, 20:00 da start oladi.