$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Tojikiston ustidan zafar quchdi

Futzal

Jahon Chempionatiga mezbonlik qiladigan O‘zbekiston futzal terma jamoasi musobaqa oldidan an’anaviy xotira turnirining ilk o‘yinida Tojikistonga qarshi bahs olib bordi. 

 "Mirabror Usmonov kubogi"

Toshkentda futzal bo‘yicha "Mirabror Usmonov kubogi" xotira turniri 1-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikistonga qarshi parketga tushdi. JCH-2024ga tayyorgarlik vazifasini o‘taydigan ushbu turnirni vakillarimiz g‘alaba bilan boshlandi. Xose Venansio Lopes shogirdlari qo‘shnilar ustidan qiyin g‘alabaga erishdi – 3:2. Ikkinchi o‘yinda esa Qirg‘iziston Gvatemala ustidan 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston tarkibi

Xose Venansio Lopes o‘yin uchun quyidagi tarkibni tanlagan. 12.Abbos Elmurodov, 2.Muzaffar Ahadjonov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 7.Dilshod Rahmatov (dastlabki beshlik). 1.Sunnatilla Anvarov, 16.Fayoz Jo‘raboyev, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatilla Jo‘rayev, 9.Fazliddin Botirov, 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Ahmedzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov (zaxira).