Abbosbek Fayzullayev - Mavsum kashfiyoti!
Rossiya Premyer Ligasida hamyurtimiz, "SSKA" futbolchisi Abbosbek Fayzullayev "Mavsum kashfiyoti" sovriniga loyiq ko'rildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Abbosbek Fayzullayev - Mavsum kashfiyoti!
Rossiya Premyer Ligasida hamyurtimiz, "SSKA" futbolchisi Abbosbek Fayzullayev "Mavsum kashfiyoti" sovriniga loyiq ko'rildi.
Taqdirlash marosimi
Moskva shahrida "Winline Rossiya Premyer Ligasi qahramonlari" deb nomlangan tanlovda turli yo'nalishlar bo'yicha g'oliblar taqdirlandi. Unda Abbosbek Fayzullayev "Dinamo" klubi o'yinchisi Bitello va "Krilya Sovetov" o'yinchisi Nikita Saltikov kabi futbolchilar bilan bir qatorda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lish uchun asosiy nomzodlar qatorida edi. Yakuniy natijalarga ko'ra yurtdoshimiz Abbosbek Fayzullayev maxsus sovrinni qo'lga kiritib, "Mavsum kashfiyoti" deb e'tirof etildi.
Mukofot g'olibi murabbiylar, jamoa sardorlari, sharhlovchilar va Rossiya futboli faxriylaridan iborat maxsus hay'at tomonidan aniqlandi.
Abbosbek Fayzullayev “narxi”
Ma'lumot uchun A.Fayzullayev o'tgan yozda "Paxtakor"dan "SSKA"ga transfer qilingandi. Futbolchining ushbu klub bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar tuzilgan va shartnomani 12 oyga uzaytirish imkoni mavjud. Ushbu transfer 500 ming yevroga baholangan. Ilk mavsumning o'zidayoq o'zini ko'rsatgan legionerimizni Transfermarkt portali bugungi kunda 5 mln yevroga baholamoqda.
Istiqbolli futbolchi
Joriy mavsumda "SSKA" yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 31 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, Fayzullayevga Yevropaning top-chempionatlari vakillari, jumladan, Germaniyaning "Bavariya", Italiyaning "Parma" kabi taniqli klublari qiziqish bildirmoqda.



