Tabibimning oʻzi bemor: Gaz va "svet"dan noqonuniy foydalanish holatini rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan masʼullar ushlandi
U 17,5 million soʻm qarzdorlikni yoʻq qilib berish evaziga 2 million soʻm olgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
20 million uchun 600 dollar
Unda, Andijon shahri elektr tarmoqlari korxonasi “Bobur” bo‘limi energiya sotish guruhi muhandisi X.K. M.F. MChJning 20 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga ETK “Bobur” bo‘limi binosi oldida MChJ rahbaridan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yagona holat emas
Shu kabi, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Sharof Rashidov tuman gaz ta’minoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati gazchisi M.Sh. Nurli yo‘l ko‘chasida yashovchi B.Q.ga xonadonidagi gaz hisoblash uskunasidan abonent raqamisiz foydalanilganligi holati bo‘yicha 17,5 mln so‘m qarzdorlik hisoblanishini aytib, ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berishi evaziga 2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Jinoyat ishi ochildi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



