$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Prevyu: Bugun “Sherlar” “Persepolis” mehmoni bo‘ladi

Paxtakor

Bugun Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Elit Chempionlar Ligasining 2-turida Eronning “Persepolis” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.  

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Toshkent jamoasi ushbu raqib bilan OCHLda 4 marta maydonga tushib, 2 g‘alaba, 1 durang va mag‘lubiyat qayd etgan. 2003-yildagi ilk o‘yinda Anvar Soliyevning yagona goli “Sherlar” g‘alaba keltirgan bo‘lsa, 2019-yildagi navbatdagi uchrashuv guruh bosqichida, Tehronda 1:1 hisobida yakunlangan. 3 o‘yin esa Toshkentda bo‘lib o‘tgan va unda 1:0 natijasi kuzatilgan. So‘nggi o‘yin 2020-yil OCHLning chorak final bosqichiga to‘g‘ri kelib, unda forslar jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgan.

Persepolis futbol klubi haqida

Ma’lumot uchun, “Persepolis” futbol klubi Eronning eng sovrindor jamoalaridan biri sanaladi. Tehronliklar 16 marta Eron chempionatini, 7 bor Eron Kubogi va 5 bor Eron Superkubogini qo‘lga kiritgan. E’tibor qiling, oxirgi 8 mavsumdan 7 tasida aynan ushbu klub Eron chempionligini qo‘lga kiritib, o‘zining yaqqol gegemon ekanini isbotladi. Jamoani ayni vaqtda ispaniyalik Xuan Karlos Garrido boshqarib kelmoqda.

Eron jamoalariga qarshi natijalar

“Paxtakor” Eron jamoalari bilan 25 marta to‘qnash kelgan. Forslarga qarshi bellashuvlarda odatda "Sherlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 25 bellashuvning 14 tasida "Paxtakor" zafar quchgan. To‘rt o‘yinda durang qayd etilgan, raqiblar esa 7 bor g‘alaba qozongan. Raqib darvozasiga toshkentliklar tomonidan 35 to‘p kiritilib, 27 gol o‘tkazib yuborilgan.

Эрон. "Персеполис" – "Малаван". Ўрунов бошланғич таркибда!

Oston O‘runov haqida

O‘zbek futbolining ashaddiy muxlislari “Persepolis” safida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov faoliyat olib borishini yaxshi bilishadi. O‘z navbatida “Paxtakor” murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib, O‘runov masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. “ “Persepolis” Eronning amaldagi chempioni va katta tajribaga ega jamoa hisoblanadi. Yuqori saviyali futbolchilarga ega, yaxshi shakllangan. Raqibni hurmat qilamiz. Bizni juda qiziqarli o‘yin kutmoqda, deb o‘ylayman. Raqib safidagi Oston O‘runov? U bizning akademiyadan yetishib chiqqan. Uni yaxshi bilamiz. Unga qarshi qanday harakat qilishimizni ko‘rib olasiz. “Persepolis” hujumga juda tez o‘tadi va qanotlarda faol o‘ynaydi. Himoyasida bo‘sh hududlar qoldirishi mumkin. Ularni yaxshi o‘rganib chiqdik”, — deydi Tojiyev.

Tarkibdagi yo‘qotishlar

Bo‘lajak o‘yin oldidan har ikki jamoa safida ikkitadan yo‘qotish mavjud. Eron klubi tarkibida Murtazo Puraliganji va Omid Alishah jarohat tufayli maydonga tusha olishmaydi. “Paxtakor” safida esa Ibrohim Ibragimov va Doniyor Abdumannopov jarohat sabab, bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. 

Eslatib o‘tamiz, “Persepolis” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 30-sentyabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Qudsdagi “Shahri Quds" stadionida boshlanadi. Aytilishicha, “Ozodi” stadionidagi rekonstruksiya sabab, jamoa uy uchrashuvlarini shu yerda qabul qiladi. Uchrashuv “Foreign Language" kanali orqali jonli tarzda namoyish etiladi.