$
 12892.91
34.76
 14512.26
6.98
 160.34
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmasligi mumkin

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati

"La Gazzetta dello Sport" nashri 2025-yilning yoziga rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmasligi mumkin ekanligini ma’lum qildi.

Amaldagi va kutilayotgan muammolar

Unda qayd etilishicha, hozir FIFAda klublar o‘rtasidagi mundialni ko‘rsatish uchun televideniya huquqlarini sotib olishga tayyor hech kim yo‘q va buni amalga oshirish uchun vaqt tugayapti. Shuningdek, 15-iyun – 13-iyul kunlariga belgilangan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘smirlar o‘rtasidagi Yevro-2025 (12-iyun – 5-iyul) va KONKAKAF Oltin Kubogi (14-iyun – 7-iyul) kunlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, klublar o‘rtasidagi JCHni o‘tkazish uchun ikkita jamoa, stadionlar va homiylar yetarli emas.

Yangi format tasdiqlangan

Ma’lumot uchun, FIFA 2025-yildan boshlab yangi ko‘rinishda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining formatini tasdiqlagan. Ushbu turnirda 32 ta klub ishtirok etadi va har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda, FIFA har yilgi 7 jamoa ishtirokidagi klublar o‘rtasidagi JCHni o‘tkazishda davom etishini ham eslatgan.

Turnir ishtirokchilari

Yangi turnirda ishtirok etish huquqi quyidagi jamoalarga beriladi:

  • Osiyo, Afrika va KONKAKAF qit’asining klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida so‘nggi 4 mavsumda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar — jami 12 ta.
  • KONMEBOL mintaqasida Libertadores kubogining so‘nggi 4 mavsumdagi (2021-2024) g‘oliblari va mintaqaning so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori 2 o‘rinni egallagan klub — jami 6 ta. 
  • Yevropa qit’asida Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi 4 mavsumdagi g‘oliblari va UYEFAning so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori 8 o‘rinni egallagan klub — jami 12 ta. 
  • Okeaniya mintaqasida so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori o‘rinni egallagan 1 ta klub. 
  • Mezbon — 1 ta klub.