Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

“Final oldi final o‘yinlari” bosqichi

Ronalduning ortidan Messi ham penaltidan foydalana olmadi. Bugundan Yevropa va Amerika chempionatlarining chorakfinal bosqichlari boshlan(a)di.

1 daqiqa o‘qiladi

Yevro – 2024

Bugun tongda AQSHda o‘tayotgan Amerika Kubogining dastlabki chorakfinal bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi chempion Argentina Ekvador bilan to‘qnash kelib, penaltilar seriyasida Emiliano Martinesning ikki seyvi evaziga yarimfinal bosqichiga yo‘l oldi. Qiziqarlisi, Argentina sardori Lionel Messi "lotereya"da jamoasining dastlabki penaltisidan foydalana olmadi. Ma’lumot uchun, Argentina yarimfinalda Venesuela — Kanada juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. 

"Yevro – 2024"

Endi e’tiborimizni yevromaydonga qaratsak. Pley-off bosqichining so‘nggi o‘yinida Turkiya terma jamoasi Germaniyada o‘tayotgan "Yevro – 2024" turniridagi so‘nggi chorak final ishtirokchisiga aylangach, chorak finalda muxlislar finalga teng bahslar guvohiga aylanishi ma’lum bo‘ldi.  

"Yevro – 2024" chorakfinal juftliklari quyidagicha:

5-iyul, 21:00. Ispaniya – Germaniya;

5-iyul, 00:00. Portugaliya – Fransiya;

6-iyul, 21:00. Angliya – Shveysariya;

6-iyul, 00:00. Niderlandiya – Turkiya.

"Copa America"

Bundan tashqari, AQSH maydonlarida davom etayotgan "Copa America" turnirida ham chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘lib, dastlabki juftlik o‘yini ham o‘tib ulgurdi. Chorakfinalning eng qiziqarli uchrashuvi Urugvay va Braziliya o‘tishi kutilmoqda. Bahs 7-iyul kuni tongda soat 06:00 ga rejalashtirilgan.

"Copa America" chorakfinal juftliklari quyidagicha:

Argentina 1:1 Ekvador (Penaltilar seriyasi — 4:2)

6-iyul, 06:00. Venesuela – Kanada;

7-iyul, 03:00. Kolumbiya – Panama;

7-iyul, 06:00. Urugvay – Braziliya.