$
 12640.01
24.04
 13795.31
27.5
 146.96
-1.62
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyaga bormoqchi emas

Shimoliy Koreya

Shimoliy Koreya Jahon Chempionatining ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uy o‘yinlarini Laos mamlakatida, Yaponiyaga qarshi uy o‘yinini esa umuman o‘tkazmagandi. O‘zbekiston 19-noyabr kuni KXDRga qarshi safarda maydonga tushishi kerak, biroq ushbu safar O‘zbekistonga ham ma’qul emas. 

Guruhdagi vaziyat

Sentyabr oyi Osiyo qit’asida JCH-2026 saralashi 3-bosqich o‘yinlari start oladi. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bosqichda "A" guruhida Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va KXDR bilan kurash olib boradi. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qatar, BAA va Qirg‘iziston futbol assotsiatsiyalari KXDR bilan safardagi o‘yinlarni neytral maydonda o‘tkazishni so‘rab OFKga xat yuborishgan. Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya Jahon Chempionatining ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uy o‘yinlarini Laos mamlakatida, Yaponiyaga qarshi uy o‘yinini esa umuman o‘tkazmagandi. 

Kuperni iste’foga chiqargan jamoa

Avvalroq saytimiz orqali O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018—2019-yillarda boshqargan Ektor Kuper navbatdagi manzildan iste’foga chiqgani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, Ektor Kuper Suriya bosh murabbiyligidan iste’foga chiqadi. Jamoa JCH-2026 saralashida 2-bosqichning so‘nggi turida Yaponiyaga 0:5 hisobida yutqazgach, 3-bosqichga va mundialga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ladi. Amaldagi shartnoma JCH-2026 saralashi yakuniga qadar tuzilgan bo‘lib, Suriya saralashning hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmagach, argentinalik mutaxassis bilan shartnoma o‘z-o‘zidan yakunlanadi. Qiziqarlisi, bu vaqtga kelib, qur’a paytida Yaponiya, Suriya va Myanma bilan bir guruhda joy olgan Shimoliy Koreya guruhdagi barcha 6 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan Yaponiya terma jamoasidan keyin 9 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallaydi va Suriyani ortda qoldirgan holda uchinchi bosqichga yetib keladi. KXDR 9 ochkoni ikki bor Myanma va bir marta Suriyani mag‘lub etgan holda qo‘lga kiritgan. 

Ularda bori — bizga orzu

Futboldagi Shimoliy Koreya deganda bugungi Y avlod xayolida kuchsiz va o‘yinlari har doim ham translyatsiya qilinmaydigan bir terma jamoa shakllansa, ajab emas. Haqiqatan ham bugungi KXDR mana shunday ahvolga tushib qolgan. Biroq bu terma jamoa boy tarixga ega. Ular bizning qorako‘zlar orzu qilib kelayotgan JCH final bosqichida ikki bor ishtirok etib ulgurgan. Bu natijaning dastlabkisi 1966-yilga borib taqaladi. O‘shanda shimolliklar Osiyo-Okeaniya o‘tish o‘yinida Avstraliya bilan bellashib, 6:1 hamda 3:1 hisobida zafar quchgan holda Osiyodan JCHning yagona ishtirokchisiga aylangandi. Ikkinchi ishtirok esa 2010-yil JARda o‘tkazilgan mundialga to‘g‘ri keladi. Bunda Shimoliy Koreya hal qiluvchi bosqichda Janubiy Koreyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab JCH yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati 3-saralash bosqichini o‘z maydonida Shimoliy Koreyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. O‘yin 5-sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi, javob o‘yini esa 19-noyabr kuniga rejalashtirilgan.