Politsiyachi maydonda futbolchini otib tashladi
Hozirda huquq-tartibot organlari vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada "Gremio Anapolis" va "Sentro Oeste" jamoalari o‘rtasidagi Goyas shtati chempionati o‘yinida noxush hodisa yuz berdi. Maydon yaqinida janjal kelib chiqdi, politsiyachi "Gremio Anapolis" futbolchisiga qarata o‘q uzdi. Natijada sportchi rezina o‘qdan yaralangan.
Tezkor yordam ko‘rsatildi
Navbatchi shifokorlar sonidan ancha og‘ir jarohat olgan futbolchiga tezkor yordam ko‘rsatishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videotasvirlar qasddan suratga olinganini ko‘rsatdi. Hozir huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu o‘qni otgan politsiyachi jiddiy jazoga tortiladi.



