Umr o‘tar, vaqt o‘tar, Xonlar o‘tar...
Messi va Ronaldu terma jamoalaridagi faoliyatlarida ilk bor bunday natija qayd etishdi. Ular qaridimi?
1 daqiqa o‘qiladi

Messi va Ronaldu terma jamoalaridagi faoliyatlarida ilk bor bunday natija qayd etishdi. Ular qaridimi?
"Nursiz" bosqich
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogi guruh bosqichida ilk bor gol ura olmadi. Shuningdek, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu ham 2024 yilgi Yevropa Chempionati guruh o‘yinlarini birorta ham gol ura olmagan holda yakunladi.
Pley-off bosqichi
Ajablanarlisi, har ikki futbolchi ham faoliyatida ilk bor milliy terma jamoalarida musobaqasining guruh bosqichida gol ura olishmadi. Ta’kidlash joiz, Ronaldu va Messi bittadan golli uzatmani amalga oshirishdi. Argentina terma jamoasi Amerika Kubogining pley-off bosqichiga o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallab, ishonch bilan yo‘l oldi. Portugaliya ham o‘z navbatida Argentina kabi birinchi o‘rinda Yevropa Chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Pley-offning birinchi bosqichida Roberto Martines shogirdlari Sloveniyaga qarshi bahs olib borishadi.



