$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Legionerlarimiz olimpiadada qatnashadimi?

football

Futbol bo‘yicha Olimpiya jamoasi murabbiysi Timur Kapadze ushbu savolga javob berdi.

“Legionerlar biz bilan birga bo‘ladi deb umid qilaman”

O‘zbekiston futbol terma jamoasi Parijda o‘tayotgan Olimpiadaga yo‘l olgacha, musobaqaga kimlar borishi asosiy mavzu bo‘lib qolmoqda. Terma jamoa murabbiyi bu savolga javob berdi. U Abdulqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Umarali Rahmonaliyev va Ibrohimxalil Yo‘ldoshev kabi legioner futbolchilar jamoada bo‘lishini bildirdi.

“Futbolchilar yig‘ingacha jamoada bo‘ladi”

Kapadze bergan intervyusida futbolchilar olimpiadagacha bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlarigacha jamoada bo‘lishini aytdi. “Umid qilamanki, legionerlarni tarkibga jalb qilishda muammolarga duch kelmaymiz, boz ustiga klublar uchun mavsum yakunlangan bo‘ladi. Olimpiada vaqtida qaysi futbolchi qanday formada bo‘lishiga ham alohida e’tibor beramiz. FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishni reja qilyapmiz. Shuningdek, Olimpiadaga yaqin qolganda ham yig‘in o‘tkazib, nazorat o‘yinlarida qatnashamiz”,- deydi murabbiy suhbatda.

Shomurodov ham keladimi?

Olimpiada nizomida, futbolchilarning yosh cheklovi 23 yosh bo‘lishiga qaramay, 3 nafar yoshi katta futbolchiga ham qatnashishga ruxsat berilgan. Bu esa jamoa bilan “Kalyari” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham jamoa bilan birga boradi degan xabarlar tarqalishiga sabab bo‘ldi, Kapadze esa ushbu savolga ham javob berdi. “Har bir murabbiy jamoasi safida Eldor Shomurodovdek futbolchi bo‘lishini xohlaydi. Buyog‘ini bevosita rahbariyat va futbolchilarning o‘zi bilan maslahatlashib hal qilamiz”, - deydi Kapadze.

24-iyulda boshlaymiz

Olimpiada ochilishi 26-iyulda bo‘lishiga qaramay futbol bahslari ertaroq boshlanadi. O‘zbekiston ilk o‘yinini 26-iyul kuni Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Jamoa o‘z o‘yinlarini Parij Bordo shahrida Misr va Dominika Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.

Теги :
Жамият