$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Bugun norasmiy futbol kuni

Uefa

Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogi U23 musobaqasida Parij olimpiyadasi yo‘lidagi dastlabki jiddiy qadamini tashlaydi, shuningdek, O‘zbekiston futzal terma jamoasi ham Osiyo Kubogidagi ilk bahsida maydonga tushadi. Bu musobaqa futzallilarimizga o‘z mezbonliklarida o‘tuvchi Jahon Kubogi o‘yinlari oldidan jiddiy sinov vazifasini o‘tab beradi. Bundan tashqari, Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final bahslari ham o‘zining avj pallasiga yetib kelgan. Bugun “Manchester Siti” jamoasi o‘z uyida musobaqaning norasmiy “qiroli” Madridning “Real” klubini qabul qiladi. Yana bir qarama-qarshilikda Myunxenning “Bavariya”si Londonning “Arsenal”ini mehmon qiladi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston futzal terma jamoasi 

Yuqorida keltirgan o‘yinlarimizdan estafetani boshlab beruvchi dastlabki juftlik O‘zbekiston — Avstraliya futzal terma jamoalari bo‘ladi. Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi milliy jamoamizning Avstraliyaga qarshi o‘yini soat 14:00 da “Bangkok Arena”da start oladi. Ushbu bahsda jamoamiz to‘liq oq liboslarda harakat qiladi. Ta’kidlash joizki, Osiyo kubogi startidan oldin jamoa tarkibida yo‘qotish yuz bergan. “Osiyo kubogi oldidan tarkibda yo‘qotish. O‘zbekiston milliy jamoasi asosiy darvozaboni Ravshan Eliboyev Qozog‘istonga qarshi bahsda kichik jarohat olgan edi. Tailanddagi tayyorgarlik jarayonida ushbu jarohat darvozabonimizni yana bezovta qildi. O‘tkazilgan chuqur tekshiruvlar natijasida maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi”, - deyiladi O‘FA xabarida. Ma’lum qilinishicha, Osiyo kubogi qaydnomasida uning o‘rnini Sunnatjon Anvarov egallaydi. Jamoamizning so‘nggi Osiyo Kubogidagi natijalari va oxirgi o‘rtoqlik o‘yinlaridan kelib chiqib xulosa qilsak, bugungi o‘yinda, shubhasiz, vakillarimiz favorit o‘laroq maydonga tushishadi.

Osiyo Kubogi U23: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi

O‘zbek futbolida, odatda, uzoq muddatli loyihalar tuzilavermaydi. Misol uchun, transfer oynasi vaqtidagi shartnomalar ham juda qisqa muddatlarga tuziladi. Ammo "Olimpik" loyihasiga Parij olimpiyadasi yo‘lida nisbatan yetarlicha muddat berildi. Kashf bo‘lgan futbolchilarga qarab, loyiha allaqachon o‘zini oqlab bo‘lgan deyishimiz mumkin, ammo asosiy bosh g‘oya baribir Parij-2024. Jamoa ushbu musobaqadagi natijalariga ko‘ra bu loyihaning qog‘ozdagi maqsadlariga javob beradi. Bugun O‘zbekiston OTJ Osiyo kubogidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib — Malayziya. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo kubogiga boradigan tarkibida o‘zgarishlar kiritilganini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, yangilangan tarkibdan to‘rt nafar legioner: Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullayev va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev joy olgan. Ular dastlab ro‘yxatda bo‘lgan Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov va Ahmadullo Muqimjonov kabi futbolchilarning o‘rnini egallashadi.

Manchester City v Real Madrid Semi Final Leg One - UEFA Champions League

Yevromaydon

Bu yilgi YECHL o‘yinlari har doimgidan ham murosasiz kechmoqda. Sababi, chorak finalga chiqqan barcha jamoalarning o‘z tarixi, o‘z muxlislardan iborat "armiyasi" va chempionlikka arzigulik salohiyati mavjud edi. Bugun oqshom ikki Ispan jamoalari musobaqani tark etishdi. 1-Liga va Bundesliga vakillari yarim finalda o‘zaro kuch sinashishadi. Bugun, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 dan e’tiboran ikki ingliz klublari ispan va nemis jamoalarini imtihondan o‘tkazishadi. Birida “Manchester Siti” boshqasida “Arsenal” “Real Madrid” hamda “Bavariya” bilan raqobat qiladi. Ikki o‘yin haqida ham tabiiyki aniq bir xulosa berish mushkul ish. Shunisi ma’lumki, bu o‘yindan eng ko‘p rohat olguvchilar neytral tomon bo‘ladi. O‘yinlar MTRK telekanallari orqali jonli translyatsiya qilinadi.