$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Xalq yana "yemagan somsasiga" pul to'laydimi?

Murod Aliyev

Bundan bir necha kun avval saytimizda Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) Toshkentning “Bunyodkor” klubi braziliyalik futbolchilar Rivaldo va Denilsonga 9,5 million yevro (120 milliard so‘m) to‘lab berishi borasida qaror qabul qilganini ma'lum qilgandik. Bugun, 27-fevral kuni “Bunyodkor” futbo klubi direktori Murod Aliyev “qaldirg‘ochlar”ning yangi futbolchilari bilan tanishtiruv marosimida holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib o'tgan.

Klub direktori bayonoti

"Rivaldoning yuristlari bilan muzokara olib boryapmiz. Kelishuvga erishishga harakat qilamiz. Klubga imkon qadar zarar bo‘lmaydigan yo‘llarni ko‘rib chiqamiz. “Zeromax” rahbariyatiga ham o‘shanda vaziyat qanday bo‘lganini bilish uchun aloqaga chiqildi", — deydi “Bunyodkor” direktori Murod Aliyev. U yana "bizning rahbarimiz— “O‘zbekneftegaz”. Bu masalani ular hal qilishadi. Keyin o‘sha paytda “Bunyodkor” bilan emas, balki “Zeromax” kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan. Bu masala ham alohida ko‘rib chiqiladi", degan. 

Eski ishlar 

Qayd etish joiz, FIFA tartib-intizom qo‘mitasi mazkur ish bo‘yicha 22-fevral kuni qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, “Bunyodkor” klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasining 2017-yil 21-sentyabrdagi qarorini to‘liq bajarmaganlikda aybdor deb topildi. Ma’lumot uchun, Rivaldo 2008 yildan 2010 yilga qadar “qaldirg‘ochlar” sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Denilson 2010 yilda Toshkent klubida to‘p tepgan va mamlakat chempioniga aylangan.

Ekspert fikri

Ma'lum bo'lishicha, "FK Bunyodkor" MCHJ ustav jamg‘armasi 1 158 000 000 so‘mni (92 ming dollar atrofida) tashkil qiladi. Klubning 100% ulushiga "O‘zbekneftegaz" AJ egalik qiladi. Jamoa MCHJ shaklida bo‘lgani uchun, ochiq hisobdorligi mavjud emas, balansida nima bor, nima yo‘q, qancha zarari yig‘ilgan, kapitalining qanchasini yeb bo‘lgan, bilish qiyin. Sobiq "Bunyodkor", hozirda "Milliy" stadioni, tahminan, 2018-yilda klub balansidan chiqarilgan. "Nolinchi yillarda o‘zbek gazining asosiy treyderiga aylantirilgan "Zeromax"ni bankrot qilishga aqli yetganlar bir kun kelib bog‘langan qarzdorliklarning uchi "Bunyodkor"da osilib chiqmasligini o‘ylamaganliklari qiziq", deb yozadi iqtisodchi bloger Otabek Bakirov. https://t.me/the_bakiroo/7781