$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevrofutbol: Yevropa Chempionlar Ligasi favoriti qaysi jamoa?

f 11 8

Jahonning yetakchi sport nashrlari 4-turdan so‘ng Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlarni taxmin qildi.

Goal nashri talqini

Dastlab, Goal nashri e’lon qilgan kutilmalar bilan tanishamiz. Manba taxminiga ko‘ra, Angliyaning “Liverpul” futbol klubi Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy favorit deb hisoblamoqda. Arne Slot shogirdlari 4-turdan so‘ng 12 ochko bilan umumiy jadvalda peshqadamlik qilishmoqda. Nashrning g‘oliblikka da’vogarlar o‘nligi quyidagicha:

1. “Liverpul”;

2. “Barselona”;

3. “Inter”;

4. “Manchester Siti”;

5. “Arsenal”;

6. “Real”;

7. “Bavariya”;

8. “Bayer”;

9. “Atalanta”;

10. “Borussiya D”.

Opta talqini

Yana bir taniqli nashr Opta esa “Manchester Siti”ni Chempionlar Ligasining asosiy favoriti deya hisoblamoqda. Ortda qolgan 4 turdan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlarining turnirda g‘alaba qozonish imkoniyati 19 foizga baholanmoqda. Shuningdek, favoritlar uchligidan “Liverpul” (17%) va “Inter” (12%) joy olgan. 4-o‘rinni “Barselona” (9%), 5-pog‘onani “Arsenal” (8%) egallagan. Amaldagi chempion “Real” va Portugaliya grandi “Sporting” 6% bilan 6-o‘rinni bo‘lishib turishibdi. Top-10 likdan “Bavariya” (4%), “Bayer”(4%), “PSJ” (3%) va “Atalanta” (3%) ham o‘rin egallagan.