$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston maydonda 10 kishi qolgan Eronni mag‘lub etolmadi

football

JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 3-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin tafsiloti

O‘yindagi kulminatsion voqea 57-daqiqada raqib futbolchi Solih Hardanining maydondan chetlatilishi bo‘ldi. Bosh hakam Eldor Shomurodovga nisbatan ushbu qo‘pollikka dastlab e’tibor qaratmagan bo‘lsa, VAR tekshiruvidan keyin eronliklar maydonda 10 kishi bo‘lib qolishdi. Qolgan yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida mezbonlar son jihatdan ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, bundan foydalana olishmadi. Aksincha, 90+2-daqiqada jarima maydoni ichida Rustam Ashurmatov to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun O‘tkir Yusupov darvozasi tomon penalti belgilandi. Forslar 11 metrlik jarima zarbasini tepishga hozirlik ko‘rayotganda esa hakam VAR’ni ko‘rib chiqib, penaltini bekor qilindi.

Shu tariqa, juda muhim bahsda bosh murabbiy Srechko Katanetssiz to‘p surgan vakillarimiz durang qayd etishdi – 0:0.

Guruhdagi vaziyat

Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uch o‘yinda ham durang qayd etilgan. A guruhida O‘zbekiston va Eron 7 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etishadi. Guruhdagi qolgan ikki o‘yin ham bugun bo‘lib o‘tadi.

Endi O‘zbekiston 15-oktyabr kuni Toshkentda BAA milliy jamoasini qabul qiladi.