$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

7 ta davlat banki birgalikda yangi venchur fondi ochmoqda

Fond

O‘zbekistonning 7 ta banki birgalikda “United Ventures” nomi ostida yangi venchur fondi ochmoqda.

Qaysi banklar?

Ta’sischilari O‘zbekistonning yettita banki: O‘zmilliybank, Xalq Banki, Asaka Bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Turonbank va Biznesni Rivojlantirish Banki.

Ularning har biri yangi kompaniyaning 14,28 foiziga egalik qildi.

Ustav kapitali – 525 millard so‘m

United Ventures’ning ustav kapitali — 525 milliard so‘m. Rahbar etib “Sug‘urta Bozor” hammuassisi Azizbek Qurbonov ko’rsatilgan.

Boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q, chunki jamg‘arma kechagina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ammo yaqin orada yana bir investitsiya manbai paydo bo‘lishi aniq.

“Bundan chiqadigan xulosa o‘sha-o‘sha — hozir O‘zbekistonda startapni ishga tushirish uchun eng zo‘r vaqt”, – deb yozmoqda Beshtor Telegram kanali.

Venchur fondi nima?

Venchur fondi — moliyaviy muassasa bo'lib, bu kabi tashkilot startaplarga pul ajratadi. Fond mablag‘ni investorlardan (davlat, bank, investitsiya fondi yoki jismoniy shaxs) jalb qiladi. Odatda, bunday kompaniyalar innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va bozorda o‘zgarishlar qilishga qodir g‘oyalarga asoslangan. Shu bilan birga, venchur moliyalashtirish katta xavf bilan bog‘liq, chunki biznesning dastlabki bosqichlarida muvaffaqiyat kafolatlanmagan.

Ta’sischilari orasida eng omadli va eng ko‘p zarar ko‘rgan banklar bor

Ma’lumot uchun, O‘zmilliybank 2024-yilni eng daromadli bank sifatida yakunladi. Uning o‘tgan yildagi daromadi 1,7 trillion so‘mni tashkil qildi. O‘zmilliybank uchun yangilik emas. Sababi eng ko‘p kreditlar (108 trln.) va omonatlar (36,8 trln.) aynan ushbu bankda. Bundan tashqari, O‘zmilliybank iqtisodiyotni moliyalashtirishning davlat instrumentlaridan biridir.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan Biznes Rivojlanish Banki bo‘ldi (minus 2,2 trillion). Buni bank kechayotgan o‘zgarish jarayoni bilan izohlash mumkin.

Теги :
Jamiyat