$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yilda kreditning foiz stavkalari pasayadimi?

Foiz stavkasi

Bank sektoridagi foiz stavkalari bo‘yicha Markaziy bank e’lon qilgan so‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy va milliy valyutadagi depozit hamda kredit stavkalarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi.

Chet el valyutasidagi bank depozitlari

Chet el valyutasidagi bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari tahliliga ko‘ra, jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari o‘rtacha foiz stavkasi 2023-yil dekabr oyida 5,1 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yil iyun oyida 5,8 foizgacha ko‘tarilib, oktyabr oyida esa 6,3 foizga yetdi. Shu bilan birga, yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foiz stavkasi yanvar oyida 4,7 foiz bo‘lgan bo‘lsa, may oyida 5,4 foizga, iyulda esa 5,8 foizga yetdi. Oktyabr oyiga kelib, bu ko‘rsatkich 5,0 foizga pasaygan

Chet el valyutasidagi bank kreditlari foiz stavkasi

Chet el valyutasidagi bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumotlar ham tahlil qilindi. 2023-yil dekabr oyida qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 10,0 foiz, uzoq muddatli kreditlarda esa 9,4 foiz bo‘lgan. 2024-yil mart oyida qisqa muddatli kreditlarning stavkasi 10,2 foizga, iyun oyida 10,6 foizga, avgust oyida esa 11,4 foizga yetdi. Noyabr oyiga kelib, bu ko‘rsatkich 10,3 foiz darajasida qayd etilgan. Uzoq muddatli kreditlarda esa fevral oyida 9,7 foiz, aprel oyida 9,6 foiz, iyun oyida 9,5 foiz, oktyabr oyida esa 9,7 foiz bo‘lib, nisbatan barqaror ko‘rsatkichni saqlab qolgan. 

Milliy valyutadagi bank depozitlari

Milliy valyutadagi bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari uchun dekabr oyida 21,5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, mart oyida 21,3 foizga, may oyida esa 22,0 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yil davomida nisbatan barqaror bo‘lib, dekabr oyida 22,1 foiz darajasiga yetdi. Yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foiz stavkasi esa 2023-yil dekabrda 17,9 foiz, yanvar oyida 18,5 foiz, may oyida 16,2 foiz, noyabr oyida esa 16,8 foiz bo‘lgan. 

Milliy valyutadagi bank kreditlar

Milliy valyutadagi bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra, aholi uchun ajratilgan kreditlarning foiz stavkasi 2023-yil dekabr oyida 25,2 foiz, mart oyida 24,6 foiz, iyun oyida 24,5 foiz, noyabr oyida esa 24,9 foiz bo‘lgan. Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha esa 2023 yil dekabrda 23,1 foiz, mart oyida 22,9 foiz, iyun oyida 22,7 foiz, noyabr oyida esa 22,5 foiz darajasida qayd etilgan.

2025-yilda foizlarning pasayishi bo‘yicha jiddiy kutilmalar mavjud emas

Imtiyozli kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalarining hisobga olinmaganligi qayd etilgan. Shuningdek, foiz stavkalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etishda foydalanuvchi kreditlari va mikroqarzlarning foizlari hisobga olinmaganligi ta’kidlangan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, O‘zbekistonda oxirgi 2 yilda tijoriy foizlarning sezilarli qimmatlashib ketgani nafaqat global bozorlardagi trendlar bilan, balki ichki bozordan davlat faol qarz olishni boshlagani, davlatning bank bozoriga ma’muriy aralashuvi, imtiyozli kreditlashning yangi ko‘rinishlar olayotgani kabilar bilan ham bog‘liq. 2025-yilda foizlarning pasayishi bo‘yicha jiddiy kutilmalar mavjud emas.

Теги :
Jamiyat