Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +6°

"Ruhiy sog‘lar" tomonidan kechirib bo‘lmas adolatsizlikka uchragan ruhiy nosog‘lom

Profilaktika inspektori ruhiy nosog‘lom shaxsning turar-joyini o‘zining nomiga o‘tkazib, uning omonat va nafaqa pullarini yillar davomida o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab kelgan.

1 daqiqa o‘qiladi

"Ruhiy sog‘lar" tomonidan kechirib bo‘lmas adolatsizlikka uchragan ruhiy nosog‘lom

Profilaktika inspektori ruhiy nosog‘lom shaxsning turar-joyini o‘zining nomiga o‘tkazib olib, omonat va nafaqa pullarini yillar davomida o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab kelgani ma’lum bo‘ldi.

Sud hukmi

Ushbu hodisa yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi sudyasi tomonidan dastlabki tergov organi tomonidan JKning 169, 206, 228, 243-moddalari bilan qo‘yilgan ayblov olib tashlanib, faqatgina JK 206-moddasi bilan jazo tayinlanib hukm chiqarilgan.

Ikkinchi adolatsizlik?

Vaholanki, Oliy sud Plenumi qarorida aybdor tomonidan, bila turib, aqli noraso shaxsni yoki voqelik mohiyatini anglash qobiliyatiga ega bo‘lmagan ruhiy jihatdan norasoligi tufayli shaxsni aldash va undan mulkini olish firibgarlik tariqasida emas, balki o‘g‘irlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim, chunki bunday hollarda shaxs mulk uning egaligidan chiqib ketayotganligini anglamaydi. Profilaktika inspektori ruhiy nosog‘lom shaxsning turar-joyini o‘zining nomiga o‘tkazib olib, omonat va nafaqa pullarini yillar davomida o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanib kelganligi o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa-da, sudya bu jinoyatni JK 206-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishga ulgurgan.