$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2 ta hududda Amerikaga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Amerika

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan fuqarolarimizni o‘nga yaqin xorijiy davlatlarga yuborish ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq, o‘rnatilgan tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda ayrim shaxslar tomonidan fuqarolarni chet davlatlarga ishga yuborishga urinish holatlari ham kuzatilmoqda.

Ota-o‘g‘il firibgarlar

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi S.A. o‘zining o‘g‘li S.M. bilan til biriktirib, 2 nafar mahalliy fuqaroning ishonchiga kiradi va tanishlari orqali ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytadi. Buning evaziga S.A. ularning har biridan 11 ming AQSH dollaridan, jami 22 ming AQSH dollari so‘rab, ushbu pulning 70 foizini oldindan, qolgan 30 foizini esa viza hujjatlari tayyor bo‘lganidan keyin berishlari kerakligini talab qiladi.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 15.400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Jinoyatchilarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda

Shu kabi Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi, 1999-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A.N. o‘zining tanishlari yordamida poytaxtlik fuqaroni AQSHga ishga yuborish evaziga 21 ming AQSH dollari talab qilib, 9 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.