Abusaxiy bozoridagi tadbirkor firibgar boʻlib chiqdi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatida yashovchi T.M. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 22 mln. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari noma'lum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini ma'lum qilgan.
Telegram messenjeridagi tanishuv
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi M.O. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. jabrlanuvchi T.M. bilan telegram messenjeridagi "Abusahiy optom" nomli guruh orqali tanishib, unga oʻzini Abusahiy bozorida erkaklar kiyim-kechaklarini ulgurji narxlarda sotuvchi tadbirkor sifatida tanishtiradi va u xarid qilgan kiyim-kechaklarni yetkazib berishini aytib uni aldab, oldindan 22 mln. soʻm miqdoridagi pullarni taksi orqali olishga oʻzaro kelishilgan.
Pullar oʻzlashtirilgach yozishmalar oʻchirilgan
Shundan soʻng taksi haydovchisi Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga olib kelgan mazkur pullarni aravakash yordamida olib, "Paynet" shahobchasi orqali oʻzi taqdim qilgan bank kartasiga oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, uning qoʻngʻiroqlariga javob bermay, qora roʻyxatga kirgazib qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan M.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.



