$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Ispaniya — Angliya, Kolumbiya — Argentina, Jokovich — Alkaraz — finallar kuni

Yevro

Bugun Yevropa chempionati, Kopa Amerika va katta tennis bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi final bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Yevropa chempionati

Bugun oqshom Yevropa chempionatida g‘olib nomi aniq bo‘ladi. Qit’a chempionligi uchun Ispaniya va Angliya terma jamoalari maydonga chiqishadi. O‘yin Berlindagi "Olimpiyashtadion" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv "Zo‘r TV" orqali jonli translyatsiya qilinadi. Uchrashuvni Xayrulla Hamidov hamda Davron Fayziyev birgalikda sharhlab boradi. Ruschada esa Mirzahakim To‘xtamirzayev faoliyat olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Kopa Amerika

Bugun tongda Amerika Kubogining 3-o‘rni uchun bahsda Kanada va Urugvay terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Asosiy o‘yin vaqtida 2:2 hisobi qayd etilgan bahsning taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa Urugvay 4:3 hisobida zafar quchib, musobaqaning 3-o‘rin egasiga aylandi. Musobaqaning finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 15-iyul tongida 05:00 da start oladi.

"Uimbldon" finali

Birozdan so‘ng London shahrida tennis bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi g‘olibi aniqlanadi. Finalda amaldagi finalchilar Novak Jokovich hamda Karlos Alkaraz qayta to‘qnash kelishmoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. Afsuski, tomosha qilish istagida bo‘lgan insonlar uchun bu o‘yin O‘zbekistonning hech bir telekanalida translyatsiya qilinmaydi. Faqatgina sportga ixtisoslashgan maxsus platforma va veb sahifalarda translyatsiya bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalgi final o‘yini 4 soatu 40 daqiqa davom etib, unda ispaniyalik tennischi Novak Jokovichni 1:6, 7:6 (6), 6:1, 3:6, 6:4 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan.