$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbek futbolining dunyodagi o‘rni qanday?

Terma

FIFA rasmiy sayti noyabr oyidagi milliy jamoalarning o‘yinlaridan keyin yangilangan reytingni taqdim etdi. Ushbu oyda mamlakatimiz bosh jamoasi Qatar va KXDR terma jamoalari bilan o‘yin o‘tkazgan edi.

O‘zbekistonning o‘rni

Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘tgan oyda Eron (0:0) va BAAga qarshi o‘yindan (1:0) keyin ikki pog‘onaga yuqorilab, 58-o‘ringa ko‘tarilgandi. Noyabr oyida esa Qatar (2:3) va KXDR (1:0) bilan uchrashuvdan keyingi yangi reytingda ham shu o‘rinda qolishdi. 58-o‘rin milliy jamoamizning so‘nggi 8-yillikdagi eng yaxshi natija sanaladi. Qit’amizda yetakchi — Yaponiya (15). Ikkinchi — Eron (18). 

Ochkolar jamg‘arilishi

Eron bilan durang o‘ynagach, O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida o‘z hisobiga 4,78 ball qo‘shib qo‘ygan. BAAning mag‘lub etilishi esa reytingida hisobimizga 11,42 ball qo‘shilishiga sabab bo‘lgan. Qatarga imkoniyatni boy berilgan o‘yindan so‘ng reytingida 11,32 ball yo‘qotgan bo‘lsak, KXDRni mag‘lub etib, ushbu g‘alaba tufayli FIFA reytingida o‘z hisobimizni 6,99 ballga boyitganmiz.

Umumiy jadval

FIFA reytingida Argentina milliy jamoasi 1-o‘rinda bormoqda, Fransiya 2-o‘rinda qoldi. Yevropa chempioniga aylangan Ispaniya o‘tgan oyda 8-o‘rindan 3-pog‘onaga ko‘tarilgandi. Angliya 4-o‘rin, Braziliya 5, Portugaliya 6-o‘ringa ko‘tarildi. Niderlandiya (7), Belgiya (8), Italiya (9) va Germaniya o‘nlikdan joy olgan.

Osiyo terma jamoalarining o‘rinlari

Osiyo jamoalari yuqori 10ligi orasida esa vakillarimiz 7-o‘rinda qolgan. Yaponiya qit’ada peshqadam sanaladi – 15-o‘rin, Eron (18) va Janubiy Koreya (23) uchlikda. Avstraliya (26), Qatar (48), Iroq (56), O‘zbekiston (58), Saudiya Arabistoni (59), BAA (63) va Iordaniya (64) o‘nlikka kirgan. O‘zbekiston milliy jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxshi natijasi – 45-o‘rin bo‘lib, vakillarimiz 2006-2007-yillarda ushbu o‘rinda qayd etilgandi.

Теги :
Jamiyat