Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

Toshkentda nomaʼlum shaxs xonadonlarning eshigini ochishga urindi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma'lumot berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda nomaʼlum shaxs xonadonlarning eshigini ochishga urindi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak birovning uyi eshigini ochishga urinayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma'lumot berdi. https://t.me/iibbuz/33898

Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi

Ma'lum boʻlishicha, hodisa joriy yilning 30-oktyabrdan 31-oktyabrga oʻtar kechasi poytaxtning Yashnobod tumani "Tuzel" mavzesida sodir boʻlgan. 

Tezkor tadbir davomida fuqaroning shaxsi aniqlandi. U Fargʻona viloyatida yashovchi 44 yoshli erkak boʻlib chiqdi.

Nima sababdan u boshqa xonadon eshiklarini ochishga urindi?

Aniqlanishicha, erkak akasining xonadon raqamini bilmagani uchun birovlarning xonadonlarini ochishga uringan.

"Men kvartiraning 5-qavatda joylashganini bilardim, lekin qaysi podezd va uyning raqamini bilmasdim. Kechasi boʻlgani va akasi qoʻngʻiroqlarga javob bermagani uchun bu muammoni mustaqil hal qilishga qaror qildim. Men birovning kvartirasini ochishga harakat qilmadim, shunchaki kalitim mos kelishini tekshirdim. Kerakli kvartirani topib, unga gilamlarni solib qoʻydim, keyin ukamni kutib olish uchun aeroportga bordim," - deya tushuntirdi fuqaro.