$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

4 ming bosh qoramol: Qozog‘istonda epidemiya tarqaldi

mol

G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida minglab qoramollar brutsellyoz bilan kasallandi. Bu haqda viloyat veterinariya boshqarmasiga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.

Yil boshidan buyon 1 200 ta kasallanish

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati veterinariya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 12 oylikdan oshgan qishloq xo‘jaligi hayvonlari yiliga ikki marta brusellyozga tekshiriladi. Yil boshidan buyon 666,8 ming bosh yirik shoxli mollar tekshirilgan, ulardan 4 942 tasi kasallanganligi aniqlangan. Mayda shoxli mollar orasida esa 1,1 million bosh hayvon tekshirilib, ulardan 1 203 tasi ijobiy natija bergan.

4 mingdan ortiq so‘yilgan qoramollar

Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yil G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida jami 4 ming boshdan ortiq chorva mollari so‘yilgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, brusellyoz bilan zararlangan 329 bosh mayda shoxli mollar uchun berilgan go‘sht mahsulotlari uchun qishloq aholisiga 5,4 million tengelik kompensatsiya to‘langan.

“Hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish faqat issiqlik bilan ishlov berilgandan keyingina mumkin. Undan oldin qoramol go‘shti muzlatkichda kamida 12 soat turishi kerak. Qo‘y va echkilarning ifloslangan go‘shti xavfli. Uni faqat konserva shaklida iste’mol qilish mumkin”, - deydi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati veterinariya boshqarmasi boshlig‘i Kenjebek Aymashev.

Kasallanish darajasi kamaygan

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 7 yil ichida hayvonlarda brusellyoz kasalligi darajasining pasayishi kuzatilmoqda. 2021-yilda 6 490 bosh yirik shoxli mollar kasallangan, 2022-yilda esa 5 045, 2023-yilda 4 141 bosh. Kasallangan hayvonlar viloyatdagi oltita maxsus tashkilotga so‘yish uchun yuboriladi.