$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil boshidan buyon qancha “yashil” energiya ishlab chiqarildi?

yashil energiya

Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd. kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlumot berdi.

Nechta quyosh fotoelektr stansiyasi mavjud?

Bugun soat 12:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd. kVt⋅soatni tashkil qildi.

Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,7GVt boʻlgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Ushbu “yashil” elektr stansiyalar tomonidan 2024-yil 31-may soat 15:00 ga qadar 1 mlrd. kVt·soat miqdorida, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,6 mlrd. kVt⋅soat miqdorida, 2024-yil 17-iyul soat 18:20 holatiga 2 mlrd. kVt⋅soat va 2024-yil 30-avgust holatiga ko‘ra esa 3 mlrd. kVt⋅soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

Shamol elektr stansiyalari ulushi kamroq

Aytish joizki, shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd. 493,6 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 506,4 mln. kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

1,2 mlrd. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

atmosferaga 1 mln. 680 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 2 million xonadonning 10 oylik yoki 1 mln. 666 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.