$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Qish yaqin: Yil yakuniga qadar 488 kilometrlik yangi tarmoqlar qurilishi rejalashtirilgan

Chiroq. qish sandal

AOKAda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yuqori kuchlanishli podstansiyalarning 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Aksiyadorlik jamiyati qanday faoliyat yuritadi?

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ–4249-qarori asosan tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati elektr energiyasini transportirovkasi va davlatlararo tranzitni amalga oshirishdan iborat.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmasida 17 ta filial va 1 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxona mavjud.

Aksiyadorlik jamiyatining Yagona aksiyadori — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatida uzunligi 12250 kilometr 110–220 hamda 500 kilovolt kuchlanishli elektr tarmoqlari, umumiy quvvati 31134 megavolt /amper bo‘lgan 90 ta podstansiya mavjud. Ularga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar soni 4409 nafarni tashkil etadi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

2024-yil yanvar-sentyabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 54,3 mlrd. kilovatt /soat elektr energiyasi uzatilib, reja 100 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,2 foizni tashkil etdi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molini qisqartirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirga asosan 10,4 mln. kilovatt /soat elektr energiyasini iqtisod qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 14,1 mln. kv /soat yoki reja 135,4 foizga bajarildi.

Qishki kutilmalar

2024-yil yanvar-dekabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 74,0 mlrd. kilovatt /soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda hamda 16,1 mln. kilovatt /soat miqdorida elektr energiyasi iste’molini iqtisod qilish rejalashtirilgan.

2025-yil yanvar-dekabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 76,1 mlrd. kilovatt /soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda hamda 9,2 mln. kilovatt /soat miqdorida elektr energiyasi iste’molini iqtisod qilish rejalashtirilgan.

2024-yil yakunigacha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 430,6 mln AQSH dollari hisobidagi (2023-yil rejasiga nisbatan o‘sish sur’ati 262,6 foiz) mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan hisobidan – 164,1 mln. dollar; Boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan – 200,0 mln. dollar; Aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan – 62,2 mln. dollar; Tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan – 4,3 mln. dollar.

Xususan, 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 285,23 mln. dollar o‘zlashtirildi (reja 276,77 mln. dollarga nisbatan 103,05 foiz). Shundan Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan 114,85 mln. dollar (reja 111,4 mln. dollarga nisbatan 103,1 foiz), boshqa xorijiy kreditlar 129,4 mln. dollar (reja 127,0 mln. dollarga nisbatan 101,9 foiz), tijorat banklari kredit mablag‘lari 2,1 mln dollar (reja 1,3 mln. dollarga nisbatan 162,1 foiz) va o‘z mablag‘laridan 38,88 mln. dollar (reja 37,07 mln. dollarga nisbatan 104,9 foiz).

Yil yakuniga qadar qurilishi rejalashtirilgan elektr tarmoqlari

Yil yakuniga qadar Investitsiya loyihalari doirasida jami 488 km elektr uzatish tarmog‘i hamda 2186 megavolt/amper qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

Jumladan, Navoiy viloyatida quvvati 1002 megavolt/amper bo‘lgan 500 kilovolt kuchlanishli “Muruntov” podstansiyasi va 177 km elektr uzatish tarmog‘i quriladi;

Jizzax viloyatida quvvati 500 megavolt/amper bo‘lgan “Zafarabod” podstansiyasi va 280 km elektr uzatish tarmog‘i foydalanishga topshiriladi;

Toshkent viloyatida quvvati 250 megavolt/amper bo‘lgan “Ohangaron” podstansiyasida boshlangan ishlar yakunlanadi;

Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” podstansiyasi qo‘shimcha 34 megavolt/amper quvvat yaratiladi; Samarqand viloyatida “Samarqand” podstansiyasi 100 megavolt/amper quvvat qo‘shiladi;

Toshkent viloyatida “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasidan “Ohangaron” podstansiyasigacha 31 km uzunlikka ega elektr tarmog‘i quriladi.

Joriy yilda 271,6 mlrd so‘m miqdorida iqtisod qilindi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha, 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida jami xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish natijasida 271,6 mlrd. so‘m miqdorida iqtisod qilindi, jumladan:

· energoresurslarni iqtisod qilish hisobiga – 0,5 mlrd. so‘m;

· material va xomashyolar sarfini optimallash hisobiga – 1,4 mlrd. so‘m;

· texnologik va boshqa yo‘qotishlar kamaytirish hisobiga – 4,0 mlrd. so‘m;

· ekspluatatsiya va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hisobiga – 4,8 mlrd. so‘m;

· Boshqa sarf-xarajatlarni qisqartirish va optimallashtirish hisobiga – 260,8 mlrd. so‘m.

Yil yakuniga qadar 355,0 mlrd. so‘m miqdorida xarajatlarni qisqartirish va optimallashtirish kutilmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari

2024-2025-yillar yillar kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashiga tayyorlash to‘g‘risida 22-banddan iborat chora-tadbirlar belgilab olinib, oldingi mavsumda sodir bo‘lgan avariyaviy o‘chishlardan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda elektr uzatish tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi. Barcha podstansiya va elektr uzatish tarmoqlariga mas’ul xodimlar biriktirilgan.

Energetik tizim mavsumga qanchalik tayyor?

Mavsumni betalafot o‘tkazish borasida quvvati 736 megavolt/amper bo‘lgan 10 ta (reja 9 ta) transformator, 34 ta o‘chirgich, 4 ta kompressor qurilmasi, 941,4 km (reja 848 km) uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlandi hamda “O‘zenergoinspeksiya” ko‘rigidan o‘tkazilib mavsumga tayyorlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 310 ta transformator, 1677 ta o‘chirgich, 12 ta kompressor qurilmasi va 5490,2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini joriy ta’mirlandi. Transformatorlarning sovitish tizimidagi 113 ta dvigatel ta’mirlandi va 66 ta yangi dvigatel o‘rnatildi.

220–500 kilovolt kuchlanishli 12 250 km tarmoq ko‘rikdan o‘tkazildi.