$
 12653.48
-109.05
 14871.64
-106.47
 159.75
-2.91
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonlik o‘quvchi qizlar EGOI 2025 olimpiadasida ikkita bronza medalini qo’lga kiritdi

Egoi 2025

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchi qizlaridan iborat terma jamoa Bonnda o‘tkazilgan EGOI 2025 qizlar o‘rtasida informatika bo‘yicha Yevropa olimpiadasida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ta’lim tashabbusining hamkori — Ucell

Bu ishtirok Raqamli texnologiyalar vazirligining ICT4Girls milliy loyihasi tufayli amalga oshdi. Mazkur loyiha qizlarni IT sohasiga faol jalb etishga alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, ta’lim tashabbusining hamkori bo‘lgan Ucell kompaniyasi ko‘magida xalqaro sayohat moliyalashtirildi.

G‘oliblar va tayyorgarlik jarayoni

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Oysha Mirzatillayeva va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 9-sinf o‘quvchisi Malika Xo‘jamuratova bronza medali bilan taqdirlandi. Bu jiddiy yutuq mashaqqatli tayyorgarlik, qat’iyat va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch natijasi bo‘ldi.

Qizlarning xalqaro olimpiada sari yo‘li ketma-ket ikkinchi yil milliy saralash maydoni bo‘lib xizmat qilayotgan ICT4Girls loyihasidan boshlandi. U mamlakatning barcha hududlaridagi maktab o‘quvchilarini algoritmlarni o‘rganish, dasturlash va jamoaviy ishlashga jalb qiladi. Bu yilgi saralash bosqichida 400 nafarga yaqin maktab o‘quvchisi ishtirok etdi. Hududiy bosqich va respublika final bosqichidan so‘ng terma jamoaning yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Otgan yilgi ishtirok

Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazining sa’y-harakatlari va Ucell kompaniyasining ko‘magi bilan ta’lim tashabbusi tashkil etildi, g‘oliblarga sovrinlar topshirildi hamda terma jamoaning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki moliyaviy ta’minlandi. O‘zbekiston EGOI olimpiadasida ilk bor 2024 yilda ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.