$
 12715.07
28.36
 14041.25
36.39
 139.71
0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

“Bitiruvchilar platformasi” — O‘zbekistonda bitiruvchilar ma’lumotlari jamlangan yangi platforma yaratildi

talaba

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.

Hozircha 2 mingta bitiruvchining ma’lumoti kiritilgan

Yaratilgan ushbu tizimda 2 mingga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Endi bitiruvchi diplomini shu yerdan yuklab oladi

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mln.ga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

— bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

— diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Bir nechta axborot markazlari bilan integratsiya qilingan

Shuningdek, ushbu platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.