$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ro‘molingni yech, yo‘qsa o‘qishdan haydalasan”

talaba ro

Buxoro davlat pedagogika institutida 77 nafar qiz o‘qishga hijobda kelganligi tufayli o‘qishdan haydalish bilan tahdid qilingan.

77 nafar “aybdor”

Buxoro davlat pedagogika institutining tillar fakulteti dekani chiqargan qaroriga ko‘ra, 77 nafar qiz o‘qishga hijob kiyib kelib institut ichki tartib qoidalarini buzgan va bu bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilgan. Fakultet dekani Hayitov ushbu qarorni 28-may kuni chiqargan ekan. Bu ro‘yxatdagi 77 nafar qizlardan biri ushbu ma’lumotlarni Daryo saytiga yetkazgan (https://daryo.uz/lqKor0U7).

“Yana ro‘molda kelsang, haydalasan”

“Bundan keyin yana ro‘molda kelsalaring, bu safar o‘qishdan haydaymiz, deyishmoqda”, - deydi talaba qiz. Fakultet dekanining o‘rinbosari Farrux Rustamovning bildirishicha, bu usul ularni qo‘rqitish uchun qilingan, ularni chetlatish haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Butun respublikaga berilgan topshiriq bu”

“Buning uchun o‘qishdan haydash niyatimiz yo‘q. Bu shunchaki ularni tartibga chaqirish uchun qilingan ish. Bu haqdagi topshiriq nafaqat bizda, respublikadagi barcha OTMlarda aytilgan”, - deydi dekan o‘rinbosari suhbatda. Uning fikricha, har bir talaba o‘zi istagan kiyimni kiyishi lozim, kiyim talabaning bilimiga umuman ta’sir qilmaydi, lekin yuqoridan topshiriqlar kelgandan keyin rahbariyat bularni bajaradi, deydi Rustamov.