$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Massaning “Dumba”si ortidan Sirdaryodagi maktab sinf rahbaridan tortib direktorigacha ishdan olindi

m 5 7

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchilar rep qo‘shiqchisi Massaning "Dumba" qo‘shig‘iga ishlangan klipni tomosha qilib o‘tirishgani aks etgan video tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi izoh berdi

Voqea haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab o‘quvchilari dars paytida nimani ko‘rib o‘tirishibdi?" sarlavhasi ostida maktab o‘quvchilari sinf xonasida joylashgan ekranda rep qo‘shiqchisi Massaning "Dumba" qo‘shig‘iga ishlangan klipni tomosha qilib o‘tirishgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, videolavhadagi holat Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 5-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

Mas’ullar ishdan olindi

Vaziyatga Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi. Boshqarmaning rasmiy sahifasida qayd etilishicha, o‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirib, ushbu holat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ygani uchun sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. "Kelgusida bu kabi salbiy holatlarning takrorlanishini oldini olish maqsadida viloyatdagi mavjud barcha umumta’lim maktablarida "Maktab, ota-ona, mahalla" hamkorligini yana-da kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi", deyiladi boshqarma bayonotida.