$
 12857.35
22.74
 14672.81
10.55
 163.45
0.8
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘qimasang ham o‘qiysan: Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bir qator yengilliklar berilmoqda

abitur

Magistratura uchun talab qilinadigan chet tilini bilish darajasi o‘zgartiriladi, “avval test, so‘ng tanlov” dasturi kuchga kiradi - ta’lim sohasidagi muhim qarorlar.

Til bilish darajasi uchun yangi tartib

Hozirgi kundagi oliy ta’limning magistraturasida, filologiya yo‘nalishlari uchun C1, qolgan yo‘nalishlar uchun esa B2 til sertifikati talab qilinar edi. Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra, endi talab quyidagicha bo‘ladi:

- xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

- gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha kamida B2 darajasida;

- boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari bo‘yicha kamida B1 darajasida bo‘lishi kerak.

Avval test, keyin tanlov

Yaqinda imzolangan “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi prezident Farmoniga ko‘ra, 2024-2025-yilgi o‘quv mavsumidan boshlab, abituriyentlar avval test topshirib, keyin o‘quv muassasasini tanlashadi. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi.

5-15-iyun kunlari sinov test bo‘lib o‘tadi

Birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. O‘qishga kirish imtihonlari esa iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Keyin ta’lim dargohi tanlanadi

Ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.