Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Daraxtlarga qirgʻin: koʻp yillik daraxtlar kesilib, yashirincha olib chiqib ketilayotganligi haqida video tarqagan

Oʻzbekistonda sanoatlashtirish va urbanizatsiya masalalariga katta e’tibor berilayotgan bir vaziyatda daraxtlarning kesilishi bilan bogʻliq muammolar ham uchrab turibdi.

1 daqiqa o‘qiladi

e 5 22

Oʻzbekistonda sanoatlashtirish va urbanizatsiya masalalariga katta e’tibor berilayotgan bir vaziyatda daraxtlarning kesilishi bilan bogʻliq muammolar ham uchrab turibdi. 

Videoxabarning qisqacha mazmuni

Ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu muhokamadan tushmayotgan boʻlsa-da, jamoatchilik noroziliklariga qaramay daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari hali-hamon davom etyapti. Bir vaziyat misolida koʻrilsa, Toshkent shahri Yunusobod tumani Sayilgoh koʻchasida joylashgan sobiq Milliy xavfsizlik xizmati binosi o‘rnida mehmonxona qurilayotgani va qurilish maydonida ko‘p yillik daraxtlar kesilib, o‘ralgan holda olib chiqib ketilayotganligi haqida videoxabar tarqalgan.

Ekologik partiyaning munosabati

Ushbu videoxabarga javoban Oʻzbekiston Ekologik Partiyasi rasmiy munosabat bildirdi:

“Iqlim o‘zgarishini yumshatishning eng muhim aspekti - bu daraxtlarning ko‘p bo‘lishi. Shundoq ham poytaxtimizda sanoqli qolgan daraxtlarimizni asrash bo‘yicha moratoriyga va ekofaollarimiz bong urishiga qaramasdan hali-hamon daraxtkushlar to‘xtamayapti”

Bosh prokurorga murojaat

Ekopartiya ushbu holatga zudlik bilan chora ko‘rishni so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qildi. 

“Bosh prokuratura hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’ul bo‘lgan davlat tashkilotlaridan zudlik bilan ushbu holatga chora ko‘rishlarini so‘raymiz. Zero, kesilishi ko‘zda tutilgan qolgan daraxtlarni asrab qolishimiz shart,” - deyiladi munosabatda.