$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

dori

So‘nggi yillarda giyohvandlik vositalarining yangi turlarining paydo bo‘lishi hamda ularni kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga olib kelib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar orasida tarqatilayotganligi jamiyat uchun jiddiy xavfga aylandi. Shu sababli huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida Qirg’iz Respublikasidan olib kelingan psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Dori vositalari chegara-bojxonadan noqonuniy tarzda o‘tkazilgan

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Neksiya” rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1970 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro D.J. aniqlanib, unga tegishli 1 dona polietilen qopda bo‘lgan 1037 dona “Tropikamid” va 224 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1778 dona “Regapen” hamda tarkibida psixotrop modda bo‘lgan 500 dona “Sonnat” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Aniqlanishicha, ushbu dori vositalari Qirg’iz Respublikasidan olib kelingan.

Shu kabi holat Farg’ona viloyatida kuzatilgan holatda, Qirg’iz Respublikasidan “Rishton” chegara-bojxona posti orqali kirib kelgan, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1975 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan N.G. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda

3527 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Qo‘qon shahrida qayd etilgan holatda esa, 1988 y.t. U.X. boshqaruvidagi “BESTUNE” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 3360 dona “Regapen” va 1359 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari ham Qirg’iz Respublikasidan olib kelingan.

Fuqaro dori vositalarini bozor hududida sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan

Shuning bilan birga o‘xshash holat harakat Toshkent shahrida ham aniqlanib, 1997 y.t. fuqaro V.J. “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ hududida joylashgan savdo do‘konlaridan birida, Qirg’iz Respublikasidan keltirilgan, lekin, bojxona va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan jami 2153 dona turli xil mahsulotlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda yuqorida qayd etilgan barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.