$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyodagi eng qimmat do‘ppi

Do

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari Osiyo Kubogi U23 musobaqasida gollarini nishonlash chog‘ida kiygan do‘ppi auksionga qo‘yildi. 

Auksiondagi do‘ppi

Osiyo kubogida Husayn Norchayev va Jahongir Fayzullayev birgalikda mashhur qilgan do‘ppi auksionga qo‘yildi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, auksiondan tushgan hamma mablag‘ Toshkent shahridagi "Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi"ga xayriya sifatida topshiriladi. 

Eng qimmat do‘ppining narxi qancha?

Boshlang‘ich narxi 1 million so‘mni tashkil etgan do‘ppining hozirga qadar bo‘lgan eng baland qiymati 44 million so‘mga yetdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu oxirgi narxni ayni auksion tashkilotchilari faoliyat olib boruvchi nashr rahbari yoki bo‘lmasam amaldagi "O‘zbekistonning eng yaxshi yosh o‘yinchi"si hamda Fransiyaning "Lans" klubi a’zosi Abduqodir Husanovning agenti Gayrat Xasibiullin taklif qilgan. "Iltimos kimoshdi savdosida faqat jiddiy takliflar berilsin", — deydi auksion tashkilotchilari. Ma’lumot uchun, sizda yanada ko‘proq narx taklif qilish va bolalarga yana ham ko‘proq pul xayriya qilish imkoniyati bor. Auksion 10-may, juma kuni, Toshkent vaqti bilan soat 19:59 da yakunlanadi. Agarda sizda ham auksionda ishtirok etish niyati tug'ilsa, ushbu post ostiga o'zingiz lozim topgan narxingizni yozib qoldirishingiz mumkin.