$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yili O‘zbekistonda donorlar 147 tonna qon topshirgan

Donorlik

O‘tgan yili O‘zbekistonda donorlar 147 tonna qonni bepul topshirgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 13 tonnaga ko‘pdir. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qon quyish markazi qayerlarga qon yetkazib beradi?

Mamlakatimizda Respublika qon quyish markazi, 13 viloyat va 2 respublika qon quyish stansiyasi, shuningdek, 13 qon quyish bo‘limi tibbiyot muassasalarini zarur qon komponentlari bilan ta’minlaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatmasi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, har bir davlat o‘z aholisining qon komponentlari va preparatlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun 1000 nafar kishiga qon topshirishlar soni 30 nafar va undan ortiq bo‘lishi, sifatli qon bilan ta’minlash uchun esa donorlar soni 1000 nafar kishiga 10 nafar yoki aholi soniga nisbatan 1 foizni tashkil etishi lozim. Bizda esa bu raqam 8 nafarga to‘g‘ri keladi. Agar ushbu ko‘rsatkich 10 nafarga ortsa, 100 foiz talab qondiriladi.

Kim donor bo‘la oladi?

O‘zbekistonning 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan va vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan har qanday fuqarosi qon donori bo‘lishi mumkin. Yiliga to’rt martagacha qon topshirish mumkin, har bir donorlikning maksimal hajmi 450 ml ni tashkil qiladi.

Bo‘limda qon topshirish, ayniqsa, jarohatlardan aziyat chekkan, operatsiya qilingan, saraton kasalligiga chalinganlar hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.

Теги :
Jamiyat