Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda

Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilayotgani haqida axborot bermoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda

Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilayotgani haqida axborot bermoqda.

Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog‘i 

Ma’lum qilinishicha, qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi “Lex.uz”da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo‘lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog‘i o‘rtacha 25-30 foizni, shu jumladan, Germaniyada 30 foizni, Fransiyada 26 foizni, Avstraliyada 26 foizni, Buyuk Britaniyada 23 foizni tashkil etadi. Har yili o‘rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hukumat qarorlarida normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

“Tartibga solish gilotinasi”

Ma’lumot uchun: 2017—2022-yillarda qabul qilingan 6 mingta yaxlit qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar o‘rganilganida, ularning 45 foizini huquqiy normalar, qolgan 55 foizini esa topshiriqlar, tavsiya va ma’lumot ko‘rinishidagi boshqa masalalar tashkil etishi aniqlangan. Shu bois norma ijodkorligi sohasida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo‘llanilib kelmoqda va ushbu yo‘nalishda so‘nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi. 

Qaror mazmuni

O‘tgan yillar davomida prezident farmoni bilan 878 ta, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2309 ta, shuningdek, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan 1 322 ta, prezident farmoni ijrosi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 339 ta eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlar bekor qilindi. Qarorda O‘zbekiston hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o‘zgartirish va qo‘shimchalar) qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish ko‘zda tutilmoqda.