Endi inson DNKsini o‘zgartirish mumkin
Ushbu hodisa tibbiyot sohasida so‘nggi 10 yillikning eng muhim voqeasiligi ta’kidlanmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot sohasida so‘nggi o‘n yilliklarning eng muhim voqeasi sodir bo‘ldi. Olimlar inson DNKsini o‘zgartira oladigan OpenCRISPR neyrotarmog‘ini yaratishdi.
DNK genlarini LEGO kabi boshqarish mumkin
OpenCRISPR neyrotarmog‘i CRISPR texnologiyasi asosida qurilgan — uning yordamida olimlar DNK genlarini xuddi LEGO bo‘laklari kabi boshqara oladilar. Masalan, Alsgeymer xastaligiga olib keluvchi mutatsiyaga uchragan gen keraksiz blok singari shunchaki “sug‘urib tashlansa” bas.
Uning kamchiliklari
CRISPR yeryong‘oqdagi allergen genni kesib tashlay oladi yoki yon ta’sirlarsiz antibiotik yaratishi mumkin, ammo eng katta kamchiligi — juda mehnattalab jarayonligida edi. CRISPRda bitta tadqiqot o‘tkazishning o‘ziga yuzlab soatlar inson mehnati sarflanardi.
Endi bu ishlar OpenCRISPR neyrotarmog‘i zimmasida. Uni minglab olimlarga tarqatish boshlandi, bu esa ulkan fan kashfiyotlariga olib kelishi mumkin.



